03 apr 10:16
Yangiliklar
Husanovning agenti mijozining "Siti"dagi moslashuvi haqida gapirdi
"Men u farzandli bo'lganidan birinchilardan bo'lib xabar topdim va Ugu Vianaga qo'ng'iroq qildim. U: "Bu haqda Gvardiolaga aytsam bo'ladimi?", deb so'radi. Men: "Albatta, ha", dedim. Pep kiyinish xonasida butun jamoa oldida Abduqodirni farzandli bo'lgani bilan tabrikladi.
Abduqodir juda xotirjam va doim tinimsiz ishlaydi. O'tmishda professional futbolchi bo'lgan otasi uning faoliyatida katta rol o'ynagan va uni doim qo'llab-quvvatlab keladi. Zaxira o'rindig'ida o'tirgan paytlarida: "Kut, vaqting keladi, xavotir olma", deb aytardi. Bu unga chinakamiga motivaciya bergan.
Klubda men bilan gaplashadigan har bir kishi: "U mukammal, hech qanday kamchiliklari yo'q. Zaxira o'rindig'ida ham xotirjam o'tiradi. Klubda hech qanday fitna qilib o'tirmaydi. Mukammal o'yinchi!", deb aytadi".
Fikrlar