13 noy 09:23
Yangiliklar
Boks/MMA

IBF chempioni 15 dekabr kuni jang o'tkazmaydigan bo'ldi
Professional boksning yarim og'ir vazn toifasida IBF yo'nalishi chempioni Artur Beterbiev 15 dekabr kuni himoya jangini o'tkazmaydi.
Beterbiev shu kuni Jo Smitga qarshi ringga ko'tarilishi kerak edi. Nyu-York shahrida o'tkaziluvchi ushbu boks oqshomining markaziy jangida meksikalik Saul “Kanelo” Alvares ikkinchi o'rta vaznda WBA Regular chempioni Rokki Fildingaga qarshi ringga chiqadi.
Beterbiev ishtirokidagi jang o'rnini esa boshqa jang to'ldirdi. Birinchi engil vaznda IBF chempioni Tevin Farmer kostarikalik Fransisko Fonsekidan o'z kamarini himoya qiladi.
Havola :
Fikrlar