22 fev 10:35
Yangiliklar
Boks/MMA

IBF chempioni: Pakyao istalgan joyda jang o'tkazishga tayyorman
Professional boksning yarim og'ir vazn toifasida IBF chempioni Errol Spens filippinlik afsona Menni Pakyao bilan jang o'tkazishga tayyor ekanini malum qildi.
Pakyao hozirda WBA yo'nalishi chempioni bo'lib turibdi.
"Menni bilan istalgan joyda, xatto Filippinda jang o'tkazishga ham tayyorman. Lekin hozir bor etiborim Mayki Garsiyaga qaratilgan. Bu jangdan keyin Menni Pakyao bilan muzokara boshlayman", - deya Spensning so'zlaridan iqtibos keltirmoqda Fight Hub TV.
Eslatib o'tamiz, Errol Spens o'zining navbatdagi jangini 16 mart kuni AQSHning Arlington shahrida Mayki Garsiyaga qarshi o'tkazadi.
Havola :
Fikrlar