12 dek 11:27
Yangiliklar

IBF chempioni Saul Alvaresni ringga chorladi
Lekin bu istakni amalga oshirish oson bo'lmaydi. Buning uchun amerikalik bokschidan WBA va WBC yo'nalishlari chempioni meksikalik Saul “Kanelo” Alvaresni mag'lubiyatga uchratishi talab etiladi.
“Kelayotgan shanba oqshomida Alvaresning Fildingga qarshi o'tkazadigan jangini ko'raman. Keyingi raqibim aynan u bo'lishi mumkin. Ayni paytda Alvaresdan boshqa men jang qilishni xohlayotgan bokschining o'zi yo'q. CHempionlik kamarlarini birlashtirish fursati etdi.
Ishonchim komil, men o'rta vazn toifasidagi eng kuchli bokschiman. Saul ham xuddi shunday fikrda. Kim kuchli ekanligini esa ringdagi jang ko'rsatib beradi. Men bu “urush”ga tayyorman. Jangning 4 may kuniga belgilanish tarafdoriman. Endi Kaneloning javobini kutishdan o'zga choram yo'q”, - dedi Jeykobs.
Eslatib o'tamiz, Denil Jeykobs shu yilning 28 oktyabr kuni ukrainalik Sergey Derevyanchenkoni mag'lubiyatga uchratib, vakant bo'lib qolgan IBF chempionlik kamarini qo'lga kiritgan edi. Saul Alvares 15 dekabr kuni britaniyalik Rokki Fildingga qarshi ringga chiqadi. Rokki ikkinchi o'rta vaznda WBA Regular chempioni bo'lib turibdi.
Fikrlar