04 avg 17:42
Yangiliklar
Boks/MMA

IBF: Joshua keyingi jangini Pulevga qarshi o'tkazishi kerak
IBF superog'ir vazndagi kamar egasi Entoni Joshuadan navbatdagi jangini Kubrat Pulevga qarshi o'tkazishini so'radi.
Takidlab o'tish lozimki, avvalroq, WBA Joshua oldiga Luis Ortisga qarshi jang qilish vazifasini qo'ygandi.
Avvaliga chempionlik kamari uchun davogar bo'lgan bokschi Klichko - Joshua jangi g'olibiga qarshi jang qilishi haqida xabar qilingandi. Endi esa IBF Klichko faoliyatini yakunlaganidan xabar topdi. Endilikda Joshua IBF yo'nalishi bo'yicha himoya jangini o'tkazishi mumkin.
Reytingda ikkinchi raqamli bokschi Kubrat Pulev hisoblanadi. Muzokaralar yaqin orada boshlanib, 3 sentyabr kuni yakunlanishi kerak", - deyiladi tashkilot bayonotida.
Havola :
Manba : BoxingScene
Fikrlar