23 dek 17:11
Yangiliklar
Boks/MMA

IBF kamari sohibi sobiq ikki vazn toifasi chempionini taslim etdi
Angliyaning Manchester shahrida professional boks kechasi tashkil etildi.
Oqshomning qiziqarli janglaridan birida yarim engil vazn toifasida IBF chempioni Josh Uorrington o'z kamarini himoya qildi. Josh ikki vaznda sobiq jahon chempioni Karl Fremptonga qarshi ringga ko'tarildi.
O'n ikki raundga mo'ljallangan jang teng kurashlar ostida kechdi. Yakunda g'olib ochkolar hisobiga ko'ra aniqlandi. Hakamlar 116-113, 116-112, 116-112 hisobida amaldagi jahon chempionining g'alabasini taminlashdi.
Havola :
Fikrlar