14 apr 14:28
Yangiliklar
IBF kamari uchun saralash jangida Derevyanchenko g'alaba qozondi
Oqshomning qiziqarli janglaridan biri o'rta vazn toifasida o'tkazilib, unda bokschilar IBF chempionlik kamariga davogar bo'lish uchun ringga ko'tarilishdi.
O'n ikki raundga mo'ljallangan jangda ukrainalik 33 yoshli Sergey Derevyanchenko tengdoshi, birinchi o'rta vaznda sobiq jahon chempioni Jek Kulkayga qarshi ringga chiqdi. Yakunda hakamlar 116:112, 116:112, 115:113 hisobidagi g'alabani Derevyanchenkoga taqdim etishdi.
Ushbu g'alaba ukrainalik bokschini o'rta vaznda IBF chempionlik kamari uchun rasmiy davogarga aylantirdi. Hozircha ushbu kamar amerikalik Daniel Jeykobsning qo'lida. U 4 may kuni birlashtiruvchi chempionlik jangida ikki yo'nalish chempioni meksikalik Saul Alvares sinovidan o'tadi.
Fikrlar