05 avg 18:02
Yangiliklar
Boks/MMA

IBF reytingi. SHahram G'iyosov va SHohjahon Ergashev ko'tarilib oldi
Xalqaro boks federaciyasi (IBF) iyul oyi uchun bokschilarning yangilangan reytingini elon qildi.
Yangilangan reytingda o'zbekistonlik sportchilar soni yana bittaga ko'paydi.
Unga ko'ra, birinchi yarimo'rta vazn toifasida (-63,50 kg) SHahram G'iyosov kuchli 15 nafar bokschi orasiga kirib oldi va 15-o'rindan o'rin oldi. Mazkur vazn toifasida shuningdek SHohjahon Ergashev bir pog'ona yuqoriladi va 6-o'ringa joylashdi.
Bundan tashqari yarimo'rta vazn toifasidagi (-66,67 kg) hamyurtimiz Qudratillo Abduqahhorov avvalgi oydagi kabi birinchi o'rinni saqlab qolgan.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar
61 kg gacha vaznda ringga chiqayotgan yengilmas bokschimiz Ravshan Umrzakovning (9-0-0 7 KOs) jang sanasi maʼlum. U 7 sentyabrda Filipinlik Roldan Aldea (14-7-1)ga qarshi ringga chiqadi. Jang Rossiyaning RCC promotrlik kompaniyasi tomonidan tashkil qilinayotgan kechada boʻlib oʻtadi. Qiziq tarafi shundagi Roldan Aldeaga qarshi 31 Avgust kuni boshqa bir Hamyurtimiz Anvar Turopov ham jang oʻtkazishi kerak.