08 noy 15:10
Yangiliklar
Iga Svyontek mavsum yakuni haqida: "Men yolg'on gapirmayman"
Iga Svyontek 2:6, 6:2, 1:6 hisobida Arina Sobalenkrga mag'lub bo'lgandi.
"Arina shunchaki yaxshiroq o'ynadi, bu yaqqol bilindi. Ikkinchi setda uni mag'lub etishni va undan ustun turishni xohlardim. Ammo, uchinchi setda bu mening o'yinim emasligini his qildim. Menimcha, juda xavfli o'ynadim. U o'z imkoniyatlaridan unumli foydalandi va juda yaxshi xizmat qildi", - dedi Iga.
SHuningdek, u faoliyatidagi eng muvaffaqiyatli mavsum yakuni haqida gapirdi. Bu yil Sventek o'tkazilgan 76 o'yindan 67 tasida g'alaba qozondi. SHuningdek, u kuch sinashgan so'ngi 17 raqibasining 15 tasi Top-10 talikdan joy olgan. Hozirda u "Rolan Garros" va US Open shuningdek, to'rtta WTA 1000 kubogi sohibasi hisoblanadi.
"Men yolg'on gapirmayman, shu daqiqani kutgan edim. Marra chizig'ini ko'rish juda qiyin edi. Bu mavsum juda shiddatli o'tdi va oxirigacha yaxshi o'ynaganimdan faxrlanaman. Bundan xursandman", - deya qo'shimcha qildi tennischi.
Fikrlar