So’nggi yangiliklar

11:13Пролига. Бугун 1-тур якунланади 0 10:52UFC Қозоғистонга шу йилнинг ўзидаёқ кирмоқчи 0 10:31Осиё чемпионати: Ботиров ва Цицуашвили олтин учун гиламга чиқади, яна уч курашчимизда бронза медали учун имкон бор 0 10:10Азизбек Темиров жанг қиладиган RIZIN турнирининг тўлиқ карди эълон қилинди 0 09:49Sofascore. "Башакшеҳир" дуранг ўйнади. Шомуродов неча баҳо олди? 0 09:28Эркебулан Токтар жангни сотгани ҳақидаги гап-cўзларга жавоб қайтарди 0 09:00Полина Кудерметова Мадридда муваффақиятли старт олди 0 08:32Осиё чемпионати. Бугун 6 нафар ўзбекистонлик боксчи ярим финалда рингга кўтарилади 0 08:07Суперлига. Бугун 6-турга старт берилади 0 00:14Муҳаммадзоҳид Суяров — Grenke Chess Open 2026 чемпионига айланди! 0 19:20Икки нафар боксчимиз Осиё чемпионати финалида, яна икки нафарида бронза 0 18:50Тимофеева Австрия турнири саралаши финалида кортга чиқди 0 18:26Нейт Диасга Конор Макгрегор билан жанг таклиф қилинди(ми?) 0 18:01Абдуқодир Ҳусанов: "Пеп Гвардиоладан жуда миннатдорман" 0 17:39"Махачев кучлими ёки Нурмагомедов?" - Царукян жавоб берди 0

20 noy 10:34
Yangiliklar

Kurash

IKA Bosh kotibi va Administraciyasi rahbari Punaga etib keldi + FOTO

23-28 noyabr kunlari Hindistonning Puna shahri milliy qadriyatimizning bir bo'lagi hisoblangan kurash bo'yicha navbatdagi jahon chempionatiga mezbonlik qiladi.

O'z tarixida 13-marotaba tashkil etilayotgan kattalar o'rtasidagi bu galgi dunyo birinchiligida sayyoramizning 70 ga yaqin davlatidan sara kurashchilar gilamga chiqadi. Ushbu musobaqa doirasida Xalqaro Kurash associaciyasi (IKA)ning navbatdagi Kongressi ham bo'lib o'tadi. 

Har ikki muhim tadbirga tayyorgarlik ishlari bilan tanishish maqsadida Xalqaro Kurash associaciyasi rasmiylari - IKA Bosh kotibi, texnik direktori Muhammad Rizo Nassiriy hamda Xalqaro Kurash associaciyasi Administraciyasi rahbari Mansur Mirzaevlar Puna shahriga etib kelishdi.

Mumbay xalqaro aeroportida ularni Hindiston Kurash associaciyasi vice-prezidenti, texnik rais Rajan Vargas, Bosh kotib Lal Singx va Hindiston kurash associaciyasi masullaridan Dharmendra Malhotralar kutib olishdi.

Muhammad Rizo Nassiriy boshchiligidagi texnik komissiya jahon chempionati o'tkaziluvchi arena, ishtirokchilar uchun ajratilgan mehmonxonalarni ko'zdan kechirishni boshlab yubordi. 

Malumot uchun, O'zbekiston terma jamoasi delegaciyasi ertaga tongda Toshkent - Dubay - Mumbay aviareysi bilan Punaga jo'nab ketadi. 

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing