So’nggi yangiliklar

01:04Mangu 5: Фурқатбек Ёқубов иштирокидаги чемпионлик жанги муддатидан аввал ниҳоясига етди 0 00:40Муҳиддин Мамажонов Тошкентда Магомед Салиевга қарши жанг қилди 0 22:28Бобур Тагиев "Mangu 5" турнирида ғалаба қозонди 0 22:02Амирхон Алихўжаев "Mangu 5" турнирида ғалабага эришди 0 21:11Кураш, бокс ва бошқа спортлар. Осиё ўйинларининг саккизинчи кунида иштирок этадиган ўзбекистонлик спортчилар рўйхати билан танишинг 0 20:45Бутунжаҳон шахмат Олимпиадаси: Эркаклар терма жамоамиз Арманистонни, аёллар Перуни мағлуб этди 0 19:52Осиё ўйинларининг еттинчи кундан кейин медаллар жамғариш рейтингида ўрнимиз қандай? 0 19:30"Манчестер Сити"нинг Премьер-лига қоидаларини бузгани ҳақидаги айбловлар: Улар нимадан иборат? Қандай жазо қўлланиши мумкин? Кейин нима бўлади? 0 18:51Эртага 5 нафар боксчимиз Осиё ўйинлари чорак финалида жанг қилади 0 18:30Осиё ўйинларининг еттинчи кунини 3 та медаль билан якунладик 0 17:15Ўзбекистон делегацияси расмийлари ХОҚ Президенти билан учрашишди 0 16:16Мбаппе Платинининг рекордини такрорлади 0 15:25Тимур Турлов - FIDE президенти этиб сайланди! 0 13:11"Mangu 5" турнири олдидан ўтказилган face-to-face маросимидан ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 12:20Бутунжаҳон шахмат Олимпиадаси тугашига иккита тур қолди. Бугун кимлар рақиб бўлади? 0

29 dek 18:14
Yangiliklar

Boks/MMA, Taekvondo, Tadbirlar

Ikki bokschimiz leytenant unvoni bilan taqdirlandi

Teglar :  Boks
Mudofaa vazirligi sport klubining bir guruh sportchilari va murabbiylari O'zbekiston Respublikasi Prezidenti, Qurolli Kuchlar Oliy Bosh Qo'mondoni nomidan qimmatbaho sovg'alar bilan taqdirlandi.

Tantanada Mudofaa vazirligi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Milliy Olimpiya qo'mitasi rahbariyati ishtirok etdi.

Takidlash kerakki, joriy yilda Mudofaa vazirligi sport klubi faollari erishgan yutuqlar har qancha etirofga arzigulik, deyiladi xabarda.

Jumladan, navbatdagi «leytenant» harbiy unvoni topshirilgan kontrakt bo'yicha harbiy xizmatchi, oddiy askar Bektemir Meliqo'ziev joriy yilda AQSHda professionallar o'rtasida tashkil qilingan uchta jang g'olibi bo'ldi. Xuddi shunday navbatdagi «leytenant» harbiy unvoni topshirilgan kontrakt bo'yicha harbiy xizmatchi, oddiy askar Mirazizbek Mirzaxalilov bir qator xalqaro nufuzli chempionatlarda g'oliblikka erishdi.


Qurolli Kuchlar xizmatchilari Nikita Rafalovich va Adhamjon Ergashev bir necha xalqaro turnirlar g'olibi, Jahon chempionati sovrindori bo'lish barobarida 2020 yili Yaponiyada o'tkaziladigan Olimpiya o'yinlarida ishtirok etish uchun licenziyani qo'lga kiritgan.

Mudofaa vazirligi sport klubi faoli Nigora Tursunqulova esa joriy yilning o'zida «Katta dubulg'a» tasnifidagi xalqaro turnirning bronza medali sovrindori, «Turkish Open» hamda «Rossiya Open» xalqaro turnirlarining g'olibligiga sazovor bo'lgan.

Mayor Anvar Muqimov esa jiu-jitsu sport turi bo'yicha Jahon chempionatida oltin medalni qo'lga kiritib, O'zbekiston tarixida ilk jahon chempioni bo'ldi. SHuningdek, harbiy sportchilarning ko'pchiligi Uxan shahrida bo'lib o'tgan VII umumjahon harbiy o'yinlari g'oliblari safidan o'rin olgan.

Mudofaa vazirligi sport klubi azolari 2019 yil davomida respublika va xalqaro miqyosdagi chempionat hamda musobaqalarda, jami 800 ta medalni qo'lga kiritgan, shundan 265 tasi xalqaro turnirlarda erishgan g'alabalari natijasidir.

Nafaqat O'zbekistonda, balki xalqaro maydonda ham tan olingan sportchilar bir dasturxon atrofida yuqoridagi voqealarning guvohi bo'lib o'tirgan poytaxtdagi 102-maxsus maktab internat o'quvchilariga o'zlarining sovg'alarini topshirdi.

«Yangi yil arafasida berilgan sovg'alar bolajonlarning ko'nglini xushnud qildi. Ayniqsa, o'zbek va jahon adabiyoti durdonalaridan iborat kitoblar jamlanmasi ularni shod qildi. Tantanalardan so'ng o'quvchilar uchun Mudofaa vazirligi sport klubida bayram tadbiri tashkil qilindi», — deyiladi xabarda.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing