So’nggi yangiliklar

13:23ФАКТ. Ўзбекистон сафарда Жанубий Кореяни мағлуб эта олмаган 0 12:24Дана Уайт UFC қийматини 50 млрд долларга баҳолади 0 11:43"Тарихий натижа учун мукофот йўқ" — қозоғистонлик шахматчи норозилик билдирди 0 10:35Забит Магомедшарипов RAF Wrestling Лигаси билан шартнома имзолади 0 09:42Бугун Ўзбекистон миллий терма жамоаси Корея Республикаси меҳмони бўлади 0 09:11Солт-Лейк-Ситидаги UFC 332 турнири иккита тарихий рекордни янгилади 0 08:40Бугун Жаҳон чемпионатида Элбек Тожиевга мухлислик қиламиз! 0 08:09Олимпиадада қатнашган шахматчилар Ватанга қайтишлари билан қамоққа олинди 0 07:38Миллатлар лигаси. Франция терма жамоаси Бельгияни тор-мор этди, Олиседа — дубль! 0 07:07Mangu 6 турнири учун чемпионлик жанги тасдиқланди + ПОСТЕР 0 19:55Дастин Порье Рамазон Темировни мақтаб, унга рақиб таклиф қилди 0 18:21Ўзбекистоннинг Осиё ўйинларидаги 70 та медали учун жами қанча мукофот пули тўланади? 0 17:15Фабио Каннаваро: "Терма жамоада соғлом рақобат бўлиши керак" 0 16:39Теннисчи Александра Бармичева J200 Истанбул турнирида чемпион бўлди 0 15:57UFC 335 турнирининг марказий жанги BMF камари учун бўлиб ўтади (ПОСТЕР) 0

16 iyu 07:49
Yangiliklar

Eshkak eshish, Suv sporti turlari, Olimpiya o'yinlari

Ikki federaciya Tokio Olimpiadasiga tayyorgarlik bo'yicha hisobot berdi

Yurtimizda faoliyat olib borayotgan Olimpiya o'yinlari dasturidagi har bir federaciya Tokio Olimpiadasiga tayyorgarlik bo'yicha hisobot topshiradi.

Kecha Milliy olimpiya qo'mitasida ana shunday hisobotlardan biri o'tkazildi. Unda O'zbekiston “ROWING & CANOE” hamda suv sporti federaciyalarining ishi ko'rib chiqildi. 

Yig'ilishni MOQ prezidenti Rustam SHoabdurahmonov olib bordi. Unda Jismoniy tarbiya va sport vazirining birinchi o'rinbosari Oybek Kasimov, MOQ vice-prezidentlari Saken Polatov va Aziz Kamilov, shuningdek, qo'mitaning boshqa xodimlari, barcha federaciyalarning mutasaddi rahbarlari va OAV vakillari ham ishtirok etishdi. 

Takidlash joiz, ushbu yig'ilish tanqidiy ruhda o'tkazildi. Hisobot uchun dastlab ushbu ikki federaciya tanlab olingani ham bejiz emas. Zero, mazkur sport turlari Olimpiya o'yinlarida eng ko'p medal o'ynaladigan yo'nalishlarni qamrab oladi. Biroq bu bo'yicha olib borilayotgan tayyorgarlik ishlari u qadar ham ko'ngildagidek emas. R.SHoabdurahmonov bunga alohida to'xtalib o'tdi. 

“Hozirgi kunda biz uchun eng dolzarb masala Tokio Olimpiadasi va unga tayyorgarlik. SHu asosda sport federaciyalari va mashg'ulotlar jarayonini yanada kuchaytirish kerak. Yaxshi natijaga erishish uchun biz jon kuydirib ishlashimiz, oldimizda turgan barcha muammolarni hal qilmog'imiz lozim. SHuningdek, sport tibbiyoti va farmakologiyasi bo'yicha dunyoning etakchi mamlakatlari bilan hamkorlik ishlarini ham yo'lga qo'yishimiz talab etiladi. Barcha federaciya va associaciyalar diqqatiga, taqvimdagi licenzion va reyting ochko beradigan musobaqalar hamda ulardagi muvaffaqiyatli ishtirokimizni nazorat qilish kerak. Atletlarimizning yuqori natija qayd etishida faxriylarimizning ham yordami as qotadi. Ulardagi boy tajribadan foydalanib qolaylik. Har bir federaciyaga faxriylar to'liq biriktirilsin va ular imkoniyati darajasida terma jamoa bilan ishlashsin”, – dedi Rustam SHoabdurahmonov. 

Yig'ilishda dastlab O'zbekiston “rowing & canoe” federaciyasining hisoboti tinglandi. Hisobotni federaciya Bosh kotibi Vyacheslav Didrix o'qib eshittirdi. Unda V.Didrix sportchilarimizning yil boshidan beri nufuzli xalqaro musobaqalarda qayd etib kelayotgan natijalarini, bu yilgi jahon chempionatiga olib borilayotgan tayyorgarlik, Tokio Olimpiadasi uchun ko'zlanayotgan yo'llanmalar va medal bo'yicha tahliliy taqdimot qilib berdi. SHuningdek, suv sporti turlari federaciyasi Bosh kotibi Alisher G'aniev ham xuddi shu asosda tayyorlab kelgan taqdimotini namoyish qildi. 

Yig'ilish davomida har ikki federaciyaning faoliyatiga tanqidiy baho berilib, oldinda qilinishi kerak bo'lgan ishlar va chora-tadbirlar bo'yicha tegishli ko'rsatmalar berildi. SHuning bilan yig'ilish o'z ishini yakunladi. Federaciyalarning kelgusi hisoboti yana ikki haftadan so'ng o'tkaziladi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing