16 sen 12:24
Yangiliklar

"Ikki hafta mashg'ulot qilmasam, o'z jonimga qasd qilish haqida o'ylay boshlasam kerak" - Tayson Fyuri
"Agar mashg'ulot qilmasam, bir nuqtadan ikkinchisiga tezda o'tib qolaman. Yuqoridan pastga qulagandek his qilaman o'zimni.
Bir hafta mashg'ulot o'tkazmasam men siqilib qolaman, ikkinchi haftada esa o'z jonimga qasd qilish haqida o'ylagan bo'lardim.
Tajribadan kelib aytishim mumkinki, bu men uchun najot. Ahir zalga borib yaxshi insonlar davrasida bo'laman, ularga yaxshi kayfiyat ulashaman. Hayotim davomida ko'p marotaba "negativ" bo'lgan. Men bunday paytlarda panaroq joylarda bo'lardim.
Zalga kelsam shug'ullanaman, o'zimni formada ushlab turaman va buning uchun pul olaman. SHubhasiz men o'zimning ajoyib damlarimni yashamoqdaman", - dedi Fyuri.
Eslatib o'tamiz, Fyuri 9 oktyabr kuni Deontey Uaylderga qarshi jang o'tkazadi.
Fikrlar