23 avg 19:33
Yangiliklar
Boks/MMA

Ikki karra jahon chempioni Sirojiddinov Nalchikka yo'l oldi
Xabar berganimizdek, 26 avgust kuni Rossiyaning Nalchik shahrida qo'l jangi bo'yicha bir nechta shou janglari tashkil etiladi.
Oqshom doirasida hamyurtimiz jahon chempioni Odil Sirojiddinov ham o'z jangini o'tkazadi. Uning raqibi ikki karra jahon chempioni rossiyalik Nurmuhammad Belaneev bo'ladi.
Sirojiddinov ushbu jangga tayyorgarlikning yakuniy bosqichini Toshkent viloyatining Oqtosh tog'li hududida o'tkazdi. Hamyurtimiz ishtirokidagi jang 5 raunddan iborat bo'ladi. Bugun qo'l janggi ustamiz Toshkent - Moskva avia yo'nalishi orqali Nalchikka jo'nab ketdi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar