27 okt 07:25
Yangiliklar
Boks/MMA

Ikki karra Olimpiada chempioni professional boksda debyut qiladi
Ikki karra olimpiya o'yinlari chempioni amerikalik 21 yoshli Klarissa SHilds faoliyatini professional boksda davom ettiradi.
U ilk jangini 19 noyabr kuni AQSHning Nevada shtati Las-Vegas shahrida o'tkazadi. Ushbu oqshomning markaziy jangida yarim og'ir vazn toifasi chempionlari rossiyalik Sergey Kovalyov hamda Andre Uord birlashtiruvchi chempionlik jangida o'zaro ringga ko'tarilishadi.
Malumot uchun, SHilds London-2012 va Rio-2016 olimpiya o'yinlarining 75 kg vazn toifasida oltin medallarni qo'lga kiritgandi. U havaskor boksda 78ta jang o'tkazib, shularning 77tasida g'alaba qozongan. Nokautlar soni 18tani tashkil qilmoqda.
Havola :
Manba : allboxing.ru
Fikrlar