So’nggi yangiliklar

12:00Остон Ўруновни Эроннинг бошқа клуби сотиб олмоқчи 0 11:08"Усман UFC'га керак. У ерда бундай йигитларни яхши кўришади". Царукян Нурмагомедовнинг жанжалдан кейинги келажаги ҳақида гапирди 0 10:17Саккизта медалга эга Ўзбекистон делегацияси IV Ёшлар ёзги Олимпия ўйинларида нечанчи ўринни эгаллади? 0 09:46Россия бокс терма жамоасига виза беришмади 0 09:15Миллатлар лигаси. Нидерландиядан 7 та гол, Германиядан ишончли ғалаба 0 08:44Zagreb Grand Prix 2026. Диёра Келдиёрова яна шоҳсупада! 0 08:13"UFC Усман Нурмагомедовга умрбод тақиқ қўйилишидан умидворман" - Нина Драма 0 07:42WBC россиялик боксчиларни рейтинглар ва чемпионлик жангларидан четлатиш қарорини тасдиқлади 0 07:01Лионель Месси Аргентинада махсус учрашувда иштирок этади 0 20:58Ўзбекистон чемпионати: аёллар курашида ғолиблар аниқланди 0 20:27Муҳиддин Мадаминов Tata Steel Chess 2027 турнирида иштирок этади, Бибсара ҳам! 0 19:56UFC’нинг мағлубиятсиз жангчиси гиёҳванд моддаларни меъёридан ортиқ истеъмол қилгани ортидан шифохонага ётқизилди 0 19:25Кэррик МЮдан хафа ва раҳбариятдан ранжиган — The Telegraph 0 18:54Уайт Усманнинг Двалишвилига қилган ҳужумидан сўнг UFC’га ўтиш имкониятлари ҳақидаги саволга жавоб берди 0 18:2346 ёшли Оверим UFC собиқ жангчисига қарши бокс қоидалари бўйича рингга чиқади + ПОСТЕР 0

20 noy 10:56
Yangiliklar

Taekvondo

Ikki karra Olimpiada chempioni Ulug'bek Rashitov Los-Anjeles-2028'da yangi vaznda ishtirok etmoqchi

Teglar :  Ulug'bek Rashitov
Tokio-2020 va Parij-2024 yozgi Olimpiya o'yinlari g'olibi Ulug'bek Rashitov faoliyatini yangi vaznda davom ettiradi.

Taekvondochimiz bu haqda dastlab, Instagram sahifasida malum qildi, so'ngra MOQ matbuot xizmati bilan suhbatda qarorini tasdiqladi.


– Ijtimoiy tarmoqda boshqa vazn toifasiga o'tashingiz haqida ishora ko'rdik. Bu haqiqatmi? -80 kg vazn toifasiga o'tadigan bo'lsangiz, u erdagi raqobatni qanday ko'ryapsiz? O'zbekiston terma jamoasining o'zida bu vaznda kuchli yigitlar bor.

– Ha, bu rost. Kelgusi Olimpiya o'yinlarida -80 kg vazn toifasida ishtirok etmoqchiman. Bu borada rejalarimiz bor. Dastlab -74 kg, so'ng -80 kg toifasiga ko'tarilib, reyting ochkolarini jamg'arishga kirishaman. Bajonidil -68 kg vazn toifasida jang qilishni davom ettirgan bo'lardim, biroq endilikda ko'p miqdorda vazn tashlash salomatligim uchun ancha xavfli bo'lib qoladi. Yoshim bilan barobar vaznim ham yuqorilab bormoqda. Bu tabiiy jarayon. Albatta, o'zimizda ham bu Olimpiya vaznida kuchli yigitlar etarlicha. Avvalo, jahon miqyosiga ko'tarilish uchun ichki raqobatdan o'tishim kerak.

– Kollekciyangizda jahon chempionatining oltin medali uchun joy bo'sh qolmoqda. Uni qachon to'ldirish niyatidasiz?

– Birinchi imkoniyat bo'lishi bilanoq. Keyingi jahon chempionatimiz 2025 yil Xitoyda o'tishi belgilangan. SHuning o'zidayoq bu maqsadimni amalga oshirish uchun bor kuchimni ishga solaman.

– Bir necha yildan beri shug'ullanayotgan yosh sportchilarda natija birdan ko'rinmasligi mumkin. Ularga qanday maslahat bergan bo'lardingiz?

– Hech qachon mehnat qilishdan to'xtamaslik kerak. Har bir mag'lubiyat sportchiga qaysidir manoda saboq beradi. Undan to'g'ri xulosa chiqara olgan, o'zi ustida ishlaydigan, murabbiyi bilan raqiblariga to'g'ri taktika qo'ya olgan sportchi, albatta, g'alaba qozonadi. Mana shu yo'nalishda kuchli jamoam va murabbiyim borligi mening katta yutug'im.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing