08 apr 16:35
Yangiliklar
Boks/MMA

Ikki kundan so'ng engilmas bokschimiz ringga ko'tariladi, raqib aniq
Professional boksda mag'lubiyatsiz odimlayotgan sportchimiz Hurshidbek Normatov 10 aprel kuni ringga ko'tariladi.
Toshkent vaqti bilan 11 aprel tongida o'tkaziladigan jangda hamyurtimizga amerikalik Kelvin Metkalf raqiblik qiladi. Jang Nyu-Yorkdagi "Sony Hall" arenasida bo'lib o'tadi.
Malumot uchun, Normatov shu kungacha prof ringda 7 marotaba jang o'tkazgan va ularning barchasida g'alaba qozongan (3 ta nokaut). Metkalf esa 11 marotaba jang qilib, ularning 9 tasida g'alaba qozongan (2 ta nokaut). 1 ta jangda mag'lub bo'lgan va yana 1 tasida durang qayd etgan.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar