03 apr 14:31
Yangiliklar
Boks/MMA

Ikki kundan so'ng jang: Olimpiada chempioni SHahobiddin Zoirovga debyut jangda kim raqiblik qilishi malum
Avvalroq, Olimpiya o'yinlari g'olibi SHahobiddin Zoirov 5 aprel kuni professional ringdagi debyutini nishonlashi haqida xabar qilgandik.
Olamsport.com saytiga malum bo'lishicha, o'sha kuni bokschimizga indoneziyalik Antoni Xolt raqiblik qiladi.
Malumot uchun, Xolt professional boksda 10 ta jang o'tkazgan va ularning 5 tasida g'alaba qozongan (3 ta nokaut). 4 ta jangda mag'lub bo'lgan (2 ta nokaut) va 1 ta to'qnashuvda duranga erishgan.
Eslatib o'tamiz, jang 5 aprel kuni Dubaydagi "Emirates Golf Club"da bo'lib o'tadi. Avvalroq, SHahobiddin Zoirov Britaniyaning MTK Global kompaniyasi bilan shartnoma imzolagani haqida xabar qilgandik.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar