17 noy 08:03
Yangiliklar
Qilichbozlik
Ikki o'zbek sablyachisi Jahon kubogining finalida o'zaro bellashdi + FOTO
Toshkent mezbonlik qilayotgan qilichbozlikning sablya yo'nalishi bo'yicha yoshlar o'rtasidagi Jahon kubogi bosqichida yakkalik bellashuvlari yakunlandi.
Quvonarlisi, yigitlar o'rtasidagi bahslarning finalida ikki o'zbek sportchisi oltin medal uchun jang qilishdi. Hal qiluvchi bosqichgacha barcha raqiblarini mag'lub etgan Islombek Abdazov hamda Zuhriddin Qodirov o'rtasidagi final ham murosasiz kechdi. Yakunda Abdazov 15:14 hisobida g'alaba qozonib, bosh sovringa ega chiqdi.
1. Islombek Abdazov (O'zbekiston)
2. Zuhriddin Qodirov (O'zbekiston)
3. Adem Kupeli (Turkiya)
3. Oskar Vajda (Vengriya)
Havola :
Manba : olympic.uz
Fikrlar