29 iyu 14:17
Yangiliklar

Ikki prof bokschimiz Koreyada g'alabaga erishdi FOTOGALEREYA
Oqshom doirasidagi janglarning ikkitasi o'zbekistonlik bokschilar ishtirokida bo'lib o'tdi. Mag'lubiyat nimaligini bilmay kelayotgan Abdurasul Ismoilov 6 raundga mo'ljallangan jangda xitoylik Kun Vangni ochkolar hisobiga ko'ra mag'lub etdi. U odatdagidek ringda Xabib timsolida paydo bo'ldi.
Yana bir charm qo'lqop ustamiz SHohrux Ashurov ham 6 raundlik jang o'tkazdi. Ashurov rossiyalik bokschi Mixail Lesnikovdan ustun keldi. SHohrux beshinchi raundda raqibini nokdaun holatiga ham tushirib qo'ygan.
Malumot uchun, har ikki bokschimiz ham Nabijon Ismanov va Bobur Najmiddinov qo'l ostida shug'ullanib, o'z janglarini o'tkazib kelishmoqda. Ismanov Janubiy Koreyaning Cocky Buffalo Promotion promouterlik kompaniyasi bilan hamkorlikni yo'lga qo'ygan. Najmiddinov esa shu klubda murabbiylik qilmoqda.
Fikrlar