31 iyu 19:51
Yangiliklar
Boks/MMA

Ikki rossiyalik Pakyaodan qolgan WBA kamari uchun o'zaro jang qiladi
Rossiyalik bokschilar Aleksandr Besputin (WBA reytingida #1) hamda Rajab Butaev (WBA reytingida #6) yarim o'rta vaznda WBA Regular chempionlik kamari uchun ringga chiqadi.
ESPN nashri xabariga ko'ra, Besputin va Butaev avvaliga vaqtinchalik WBA kamari uchun jang o'tkazishlari kerak edi. Lekin Mennni Pakyao WBA Regular kamaridan voz kechganidan so'ng bu chempionlik tituli egasiz qoldi.
WBA rahbariyati esa bu vaziyatda rossiyalik bokschilar uchun imkoniyat yaratdi va endi ular Pakyaoning sobiq kamari uchun ringga chiqishadi. Menni Kit Turmanni mag'lub etib, WBA Super chempioniga aylangan edi. Promouter Lu Dibellaning aytishicha, Besputin - Butaev chempionlik jangi oktyabr oyida o'tkaziladi va ESPN telekanalida translyaciya qilinadi.
Havola :
Manba : ESPN
Fikrlar