So’nggi yangiliklar

09:38Тайсон Фьюрига кутилмаган рус боксчиси рақиб сифатида бериляпти 0 09:17Кайо Борральонинг навбатдаги жанги ҳақида маълумот берилди 0 08:56Бо Никал Йоэл Ромеродан чемпионлик камарини ҳимоя қиладими? 0 08:35Ўзбекистон вакиллари ФИФАнинг "The Best" мукофоти учун кимларга овоз берди? 0 08:14Пэдди Пимблетт - Жастин Гэтжи жанги учун захира варианти айтилди 0 07:53Илҳом Назимовнинг RIZIN промоушенидаги навбатдаги жанги тасдиқланди 0 07:32UFC ярим ўрта вазн рейтингида бу йил умуман жанг ўтказмаган Раҳмонов кўтарилди 0 07:11Испания Кубоги. "Барселона" учинчи дивизион жамоасини мағлуб этди 0 19:0046 ёшли Пакьяо 2026 йилдаги режасини очиқлади 0 18:38Фёдор Емельяненко Нганну - Немков эҳтимолий жанги ҳақида гапирди 0 18:15"Менга Чимаев эмас, UFC камари керак" - Нассурдин Имавов 0 17:40Шомуродов рамзий жамоадан жой олди 0 17:17Илия Топурия Пэдди Пимблеттга бўлган муносабати ҳақида гапирди 0 16:41"Шундагина унинг имконияти бўлади". Жастин Гэтжи Пэдди Пимблетт уни қандай мағлуб этиши мумкинлигини айтди 0 16:20Алекс Перейра Оқ уйдаги UFC турнирида қатнашиш нияти йўқлигига шаъма қилди 0

21 dek 09:14
Yangiliklar

Og'ir atletika

Ikki sportchimiz reyting turnirida oltita medalni qo'lga kiritdi

Qatar poytaxti Doha shahrida og'ir atletika bo'yicha 5th International Qatar Cup reyting turniri start oldi.

Ushbu musobaqada jahonning turli mamlakatlaridan 120 nafarga yaqin sportchi ishtirok etmoqda. Bahslarda o'zbekistonlik polvonlar ham sovrinli o'rinlar uchun kurash olib bormoqdalar.

Kecha -67 kg vazn toifasida bahslar tashkil etildi. Ushbu vazn toifasida yurtimiz sharafini ikki nafar sportchi – Adhamjon Ergashev va Doston Yoqubov himoya qildi.

Doston Yoqubov dast ko'tarish bahslarida 138 kg., siltab ko'tarishda esa 175 kg., umumiy hisobda 313 kg. natija ko'rsatdi. Bu orqali Doston dast ko'tarishda bronza, siltab ko'tarish va ikkikurash yakunlariga ko'ra oltin medal sohibiga aylandi.

Adhamjon Ergashev esa dast ko'tarishda 142 kg., siltab ko'tarishda 168 kg. toshni o'ziga bo'ysundirdi. Umumiy hisobda esa 310 kg. tosh ko'tardi. Ushbu natija orqali Ergashev dast ko'tarishda oltin, siltab ko'tarishda bronza va ikkikurash yakunlariga ko'ra kumush medal egasiga aylandi. Qayd etish lozimki, Adhamjon Ergashev dast ko'tarish va ikkikurash bo'yicha 20 yoshgacha bo'lgan atletlar o'rtasidagi jahon rekordini yangiladi.

Qayd etish lozimki, ushbu musobaqa orqali sportchilar Tokio 2020 Olimpiadasi uchun reyting ochkolarini jamg'arib boradilar.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing