06 avg 14:29
Yangiliklar
Boks/MMA
Ikki ukrainalik chempion tayyorgarlik uchun AQSHga uchib ketishdi
To'rtinchi avgust kuni birinchi og'irvazn toifasida sobiq mutlaq jahon chempioni Aleksandr Usik hamda yarimog'ir vazn toifasida WBC kamari sohibi Aleksandr Gvozdik okeanortiga jo'nab ketishdi.
AQSH safariga har ikki ukrainalik engilmas bokschilarning navbatdagi jangi uchun tayyorgarlik ko'rish sabab bo'lgan.
Malumot uchun, Gvozdik navbatdagi jangni IBF chempioni Artur Beterbievga qarshi bo'ladi. Birlashtiruvchi chempionlik jangi 18 oktyabr kuni AQSHning Filadelfiya shahrida bo'lib o'tadi.
O'z navbatida Usik ham superog'ir vazn toifasidagi debyut jangini kamerunlik Karlos Takamga qarshi 12 oktyabr kuni AQSHning CHikago shahrida ringga ko'tariladi.
Havola :
Manba : iSport
Fikrlar