24 okt 20:09
Yangiliklar
Boks/MMA

Ikki vazn chempionlari - Kovalyov - Kanelo jangiga hakam tayinlandi
Nevada shtati Sport komissiyasi rossiyalik Sergey Kovalyov hamda meksikalik Saul "Kanelo" Alvares o'rtasidagi superjangga hakamlar brigadasini tayinladi.
Ayni paytda Kovalyov yarim og'ir vazn toifasida WBO chempioni bo'lib turibdi. O'rta vazn qiroli bo'lgan Alvares esa uchta vazn toifasi chempioni hisoblanadi. Ikki jahon chempionlari o'rtasidagi jang 2 noyabr kuni bo'lib o'tadi.
Birlashtiruvchi chempionlik jangida Rassel Mora referilik qiladi. Moradan tashqari Troy Uiks nomzodi ham ko'rib chiqilgandi. Lekin yakunda Rassel nomzodida to'xtalindi. Ring atrofida ochkolarni Juli Lederman, Don Trella va Deyv Moretti hisoblab boradi.
Havola :
Fikrlar