06 okt 08:20
Yangiliklar
Boks/MMA

Ikki vaznda sobiq jahon chempioni qachon jang o'tkazishini malum qildi
Professional boksning ikki vazn toifasida sobiq jahon chempioni Devid Xey o'zining navbatdagi qachon o'tkazishini malum qildi.
Uch yillik tanaffusdan so'ng katta boksga qaytgan britaniyalik 35 yoshli bokschi qisqa fursatda ikkita jang o'tkazib, raqiblarini mag'lubiyatga uchratgandi.
Mark De Mori va Arnold Gerdja ustidan qozonilgan g'alabalardan so'ng Xey superog'ir vazn toifasining IBF yo'nalishi reytingida uchinchi o'ringa ko'tarilib olgan edi.
“Men ajoyib sport formasidaman. Nasib qilsa, 10 dekabr kuni yana ringga chiqaman. Tez orada raqib nomini oshkor qilamiz. Bunga oz fursat qoldi”, - deydi Xey.
Havola :
Fikrlar