06 iyu 09:14
Yangiliklar
Boks/MMA

Ikki vaznda sobiq jahon chempioni qo'lqopsiz janglarda ringga chiqadi
Professional boksning ikki vazn toifasida sobiq jahon chempioni Rendall Beyli 22 iyun kuni yana katta boksga qaytadi.
Beyli 2016 yili avstraliyalik Jeff Xornga yutqazib qo'yganidan so'ng professional bokschilik faoliyatini yakunlagan edi. Rendall uch yillik tanaffusdan so'ng qo'lqopsiz janglarni o'tkazuvchi Bare Knuckle Fighting Championship (BKFC) tashkiloti shousida ringga chiqadi.
O'z vaqtida 45 yoshli Beyli birinchi yarim o'rta hamda yarim o'rta vazn toifalarida jahon chempioni bo'lgan. U pancherlik xususiyatiga ega bo'lib, 46ta g'alabali jangidan 39tasida raqiblarini muddatidan avval nokautga uchratgan. Rendall Beylining 22 iyun kungi jangdagi raqibi braziliyalik 23 yoshli aralash qoidalar jangchisi Daniel Santos bo'ladi.
Havola :
Manba : allboxing.ru
Fikrlar