10 avg 15:57
Yangiliklar
Boks/MMA

Ikkinchi bor jangi bekor bo'lgan Zabit UFCni tanqid qildi
Rossiyalik UFC jangchisi Zabit Magomedsharipov 29 avgust kungi jangi bekor bo'lganidan so'ng Rossiyaga qaytishga qaror qildi.
“29 avgust kuni oktagonga ko'tarilmayman. Yair Rodriges jarohat olganidan so'ng UFC Top-5 jangchilardan hech biri bilan kelisha olmadi. Reytingning pastki qismidagilar bilan jang qilish, ortga tashlagan qadam bo'ladi.
UFCdan chempionlik jangi yoki kuchli jangchisiga qarshi bahs so'radim, lekin ular buni uddalay olishmadi. Ular ikkinchi marta mening tayyorgarligimni barbod qilishdi. SHu sababli endi Rossiyaga qaytaman. Meni qo'llab-quvvatlaganlarning barchasidan minnatdorman”, - dedi Zabit.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar