26 apr 11:49
Yangiliklar
Boks/MMA

Ikkinchi oltin muborak! Mirzahalilov Osiyo chempioni!
Boks bo'yicha kattalar o'rtasidagi Osiyo chempionatining final janglari davom etmoqda.
Hozirgina o'zbekistonlik bokschi ishtirokidagi ikkinchi final jangi yakunlandi. Unda Mirazizbek Mirzahalilov o'z jangini o'tkazdi. -56 kg vazn toifasidagi charm qo'lqop ustamiz hindistonlik Kavinder Singx Bishtga qarshi ringga chiqdi.
SHiddatli kechgan final jangida Mirazizbek Mirzahalilov ochkolar hisobiga ko'ra g'alaba qozonib, Osiyo chempioniga aylandi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar