12 jan 19:21
Yangiliklar
Ikkinchi raketkamiz Mariya Timofeeva ertadan Australian Open'dagi yurishini boshlaydi
Avval xabar berganimizdek, musobaqa doirasida O'zbekistonning ikkinchi raqamli ayol tennischisi Mariya Timofeeva ham o'z omadini sinab ko'radi.
Mariyaga kvalifikaciyaning dastlabki bosqichida yaponiyalik May Xontama raqiblik qiladi. O'yin ertaga 8:30 da boshlanishi belgilangan.
Malumot uchun, kunchiqar yurt vakilasi hozirda WTA reytingida 242-pog'onadan joy olgan. O'zbekistonning ikkinchi raketkasi bo'lib turgan 22 yashar Timofeeva esa 138-o'rinni band etgan.
Australian Open 2026 turnirining asosiy to'riga yo'llanma olish uchun uchta uchrashuvda g'olib chiqish talab etiladi. Mariya 26 yoshli Mai Xontama to'sig'idan o'tib olsa, ikkinchi davrada franciyalik Manon Leonard va yana bir yapon tennischisi Himeno Sakatsume uchrashuvi g'olibasiga qarshi bahs olib boradi.
Fikrlar