30 okt 18:01
Yangiliklar
Boks/MMA

Ikkita jangda "0" zarba bergan Askren faoliyatini yakunlaydi
ONE FC hamda Bellator promoushenlarining sobiq chempioni, hozirda UFCda jang o'tkazayotgan Ben Askren faoliyatini yakunlashi mumkin.
Bu haqda uning o'zi ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarida xabar berdi. Askren ketma-ket ikkita jangda nokautga uchraganidan keyin shunday qarorga kelgan ko'rinadi.
"Agar yana oktagonga chiqaman desam, sizning aldagan bo'laman. Hozir bu haqda o'ylayapman. Yakuniy qaror qabul qilishim uchun menga ozgina vaqt kerak. Haftada kamida 30 soat yakkakurash bilan bandman", - deya Askrenning so'zlaridan iqtibos keltirmoqda MMA Fighting.
Eslatib o'tamiz, Ben Askren 26 oktyabr kuni Singapurda o'tgan UFC oqshomining markaziy jangida kutilmaganda Demian Mayiga imkoniyatni boy berib qo'ygandi. SHu yilning yozida esa Xorxe Masvidal jangning beshinchi soniyasida Askrenni nokautga uchratgan edi.
Havola :
Fikrlar