18 apr 09:49
Yangiliklar
Tennis
Ikkita matchbolldan chiqib ketgan Ribakina 1/2 finalda!
Dunyoning ikkinchi raketkasi Elena Ribakina Germaniyaning SHtutgart shahrida o'tkazilayotgan WTA 500 toifasiga kiruvchi turnirning yarim final ishtirokchisiga aylandi.
Qozog'istonlik tennis malikasi 1/4 finalda WTA reytingida 25-o'rinni egallab turgan kanadalik Leyla Fernandesni qiyinchilik bilan uch set natijasiga ko'ra mag'lubiyatga uchratdi - 6/7(5), 6/4, 7/6(6). Elena beshinchi uchrashuvga kelib tennischilarning o'zaro bahslari hisobida oldinga chiqdi - 3:2.
Uch soatu ikki daqiqa davom etgan bahsda Ribakina 7, Fernandes 6 ta eys zarbasini amalga oshirdi. Qo'shxatolar Elenada ko'proq bo'ldi - 8 ga 6. Ribakinaning uchrashuv davomida ikkita matchboldan chiqib ketgani etiborga molik holat. U faoliyatida 42-marotaba WTA turnirlari 1/2 finalida o'ynaydi.

Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar