03 iyu 19:28
Yangiliklar
Boks/MMA
Ikram Aliskerovning raqibi o'zgardi
O'rta vazn toifasida rossiyalik UFC jangchisi Ikram Aliskerovning jangida o'zgarish yuzaga keldi.
U 16 iyun kuni UFC Vegas 93 turniri doirasida oktagonga chiqadi.
O'sha kuni Ikramga braziliyalik Andre Muniz (24-6-0) raqiblik qilishi kerak edi. Biroq Muniz jangga yaqin jarohat olgani sababli Aliskerovga yangi raqib berildi. Endilikda Ikramga turnir doirasida liga debyutanti Antonio Trokoli (12-3-0-1) raqiblik qiladigan bo'ldi.
Qizig'i, Antonio UFC'ga 2019 yilda Dana Uaytning davogarlar seriyasi orqali qo'shilgan, lekin doping sababli chetlatilgan.
Havola :
Fikrlar