26 mar 17:42
Yangiliklar
Boks/MMA, Futbol

Iliya Topuriya va Krishtianu Ronaldu o'rtasida ziddiyat bormi? Sportchi javob berdi
UFC sobiq chempioni Iliya Topuriya Krishtianu Ronaldu bilan ziddiyati bor-yo'qligi haqidagi savollarga javob berdi.
Avvalroq, Ronaldu UFC 308 turniri oldidan Topuriyaning juda ko'p gapirishini va Xolloueyga mag'lub bo'lishini aytgandi.
"Menga Krishtianu yoqmaydi. Lekin, keling aniqlik kiritaylik. Ronaldu buyuk sportchi va atlet, lekin uning o'sha paytdagi bazi xatti-harakatlariga tushunmadim.
Eng ajablanarlisi, ommaviy axborot vositalari bilan katta tajribaga ega bo'lgan inson bunday tuzoqqa ilinib, o'zini tanimaydigan odam haqida fikr bildirishi... Men aniq ishonch bilan aytamanki, agar Krishtianu meni shaxsan taniganida, u men haqimda boshqacha fikrda bo'lar edi. 100 foiz", - dedi Topuriya Men's Health jurnaliga.
Havola :
Manba : Men's Health
Fikrlar