20 may 08:26
Yangiliklar
Velosport
Ilk bosqichda medal qo'lga kiritgan velosportchilarimiz ikkinchi etapda ham sovrindor bo'lishdi
Qozog'iston poytaxti Ostona shahrida velotrek bo'yicha "Silk Way Series Astana 2026" turnirining ikkinchi bosqichi o'tkazildi.
Dunyoning 10 davlatidan kelgan velopoygachilar ishtirokidagi bellashuvlarda sportchilarimiz 2 ta kumush va 1 ta bronza medallarini qo'lga kiritishdi.
Kumush medal:
Samira Ismoilova / Asal Rizaeva (medison)
Sergey Rostovcev (omnium).
Bronza medal:
Nafosat Kozieva (omnium).



Havola :
Manba : olympic.uz
Fikrlar