09 sen 08:40
Yangiliklar
Dzyudo, Engil atletika, Tokio-2020
Ilk kuniyoq 8ta medal, paralimpiyachilarimiz umumjamoa hisobida 3-o'rinda!
Braziliyaning Rio-de-Janeyro shahri mezbonlik qilayotgan Paralimpiya o'yinlarining ilk kuni o'zbekistonlik sportchilar uchun kutilganidan ham muvaffaqiyatli keldi.
O'zbekiston Paralimpiya terma jamoasi 3ta oltin, 2ta kumush, 3ta bronza, jami 8ta medalni qo'lga kiritdi. Ushbu natijasi evaziga terma jamoamiz umumjamoa hisobida 3-o'rinni egallab turibdi.
Ettita oltin, 9ta kumush, 4ta bronza, jami 20ta medal jamg'argan Xitoy terma jamoasi birinchi o'rinni band etgan. Ikkinchi pog'onadagi Buyuk Britaniya Paralimpiya terma jamoasi hisobida jami 11ta medal bor. SHulardan 5tasi oltin, 3tasi kumush, yana shunchasi bronza medalidir.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar
RAHMATLI YURTBOSHIMIZNING OLIMPIYA VA PARALIMPIYANI UTKAZISH BUYICHA OXIRGI QARORLARI ULAR UTIB KETGANLARIDAN KEYIN YANAYAM YAXSHI IJRO ETILYAPTI