01 fev 08:08
Yangiliklar

“India Open”. Yarim finalda ringga chiqqan 7 bokschimizning barida g'alaba, Jalolov kubalik raqibini engdi!
Kecha musobaqaning yarim final janglari o'tkazilib, finalga yo'llanma olgan charm qo'lqop ustalarining nomi malum bo'ldi. Yarim finalda ringga chiqqan 7 nafar bokschimizning bari o'z janglarini g'alaba bilan yakunlab, finalga yo'l olishdi.
Eng og'ir +91kg vazn toifasidagi hamyurtimiz Bahodir Jalolov kubalik bokschi Yoandi Ortegani 5:0 hisobida mag'lubiyatga uchratdi. Barcha hakamlar 30:27 hisobidagi g'alabani Jalolovga berishdi.
-75kg vazndagi birinchi raqamli bokschimiz Isroil Madrimov mezbonlar vakili Mandip Jangrani 4:1 hisobida engdi. -91kg vazndagi charm qo'lqop ustamiz Sanjar Tursunovning raqibi hindistonlik Sumit Sangvanga ringga chiqmadi va bu vaziyatda hamyurtimizga texnik g'alaba yozildi.
Yarim final natijalari:
-52kg: Xudoynazar Fayzov - Marvin Tabamo (Filippin) – 4:1
-56kg: Abdulhay SHorahmatov - Etash Xan (Hindiston) – 5:0
-64kg: Iqboljon Xoldorov - Diraj (Hindiston) – 4:1
-69kg: Bobousmon Boturov - Singh Negi Duryodxan (Hindiston) – 5:0
-75kg: Isroil Madrimov - Mandip Jangra (Hindiston) – 4:1
-91kg: Sanjar Tursunov - Sumit Sangvan (Hindiston) – hamyurtimizda texnik g'alaba
+91kg: Bahodir Jalolov - Yoandi Ortega (Kuba) – 5:0
Fikrlar