26 may 19:22
Yangiliklar
Og'ir atletika
Indoneziyalik Riski jahon rekordlarini yangilab tashladi (+FOTO)
Xabaringiz bor, Toshkentda og'ir atletika bo'yicha yoshlar o'rtasida Jahon chempionati bo'lib o'tmoqda.
Musobaqaning navbatdagi kunida -73 kg vazn toifasida erkaklar supachaga ko'tarilishdi.
Ushbu vazn toifasida Indoneziya vakili Riski Juniansyaga teng keladigan raqib topilmadi. Riski ikkikurash natijasiga ko'ra, eng yaqin taqibchisini 36 kg (!)ga ortda qoldirdi.
Etiborlisi, Riski dast ko'tarish, siltab ko'tarish va ikkikurash natijasiga ko'ra jahon rekordlarini yangilashga muvaffaq bo'ldi.
Og'ir atletika bo'yicha yoshlar o'rtasida jahon chempionati
Erkaklar, -73 kg
1. Riski Juniansya (Indoneziya) - 349 (155 + 194) kg;
2. Achinta SHuli (Xindiston) - 313 (141 + 172) kg;
3. Gevorg Serobian (Rossiya) - 308 (143 + 165) kg.
Havola :
Fikrlar