02 may 17:07
Yangiliklar
Futbol
"Inter" argentinalik yulduzni "Real"dan ilib ketishga urinmoqda
"Inter" 21 yoshli argentinalik yarim himoyachi Niko Pasni kelgusi yozda asosiy nishonga oldi.
Hozirda futbolchi "Komo"da o'ynamoqda. Biroq, Alvaro Arbeloning ehtimoliy istefosidan so'ng "Real Madrid"ning navbatdagi murabbiyi kim bo'lishiga ko'p narsa bog'liq ekani takidlanmoqda. Pas madridliklar tarbiyalanuvchisi va ular uni sotib olish imkoniyatini faollashtirishlari mumkin. Avvalroq madridliklar joriy mavsum yakunlangandan so'ng shunday niyatda ekanliklarini malum qilishgandi.
SHunga qaramay, "Inter" Pasni qo'lga kiritishdan umidini uzmayapti va futbolchi uchun 40-50 million evro tayyorlamoqda. Bu mavsumda Pas "Komo" safida 38 ta o'yin o'tkazib, 13 ta gol urdi va 7 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Havola :
Fikrlar