18 fev 07:30
Yangiliklar
"Inter" klubi 2023 yil yozida amerikaliklarga sotib yuborilishi mumkin
"Inter" klubi yaqin fursatlar ichida Amerika fondi tasarrufiga o'tishi mumkin. Qayd etilishicha, Goldman Sachs va Raine Group banklari ancha vaqtdan beri oyiga 10 mln evro zararga ishlayotgan "Inter" klubini boshqarishda Suning Holdings Group'ga yordam bera oladigan xaridor, eng kamida hamkor qidirishmoqda.
Klubning sotilishi bilan bog'liq ishlar ikki hafta ichida oldinga siljishi mumkin. Bunga Amerika fondining "Inter"ni sotib olish bo'yicha muzokaralarga tayyorligi sabab bo'lmoqda. Ikki tomon kelisha oladigan bo'lsa, 2023 yilning yozida "Inter" yangi investorlar qo'liga o'tadi.
"Inter" egasi Stiven CHjan klubni dastlab 1 mlrd evroga baholagandi, ammo "Milan" klubi RedBird Capital Partners tomonidan sotib olinganidan so'ng, CHjan narxni 1.2 mlrd evroga ko'tardi. Biroq, "Inter"ga bo'lgan talabning pastligi sabab narx tushishi mumkin.
Malumot uchun, "Inter" klubi 2016 yildan beri Suning Holdings Group tarkibiga kiradi.
Fikrlar