13 apr 09:17
Yangiliklar
"Inter" Komoda haqiqiy kambek qildi: 0:2 hisobi 4:3 ga aylandi!
"Djuzeppe Sinigalya" stadionida kechgan bahs muxlislarga haqiqiy drama va gollar shousini taqdim etdi. Uchrashuvni Davide Massa boshqarib bordi. O'yin mezbonlarning kutilmagan hujumlari bilan boshlandi.
36-daqiqada Aleks Valle hisobni ochgan bo'lsa, 45-daqiqada Nikolas Pas "Komo"ning ustunligini ikkita to'pga oshirdi. Biroq, oradan hech qancha o'tmay Markus Tyuram bitta javob to'pini kiritib, "Inter"ni o'yinga qaytardi.
Ikkinchi bo'limda "neradzurri" to'liq ustunlikni o'z qo'liga oldi:
49-daqiqa: Markus Tyuram dubl qayd etib, muvozanatni tikladi.
58-daqiqa: Denzel Dumfris mehmonlarni hisobda oldinga olib chiqdi.
72-daqiqa: Dumfris ham o'z hisobiga ikkinchi golni yozdirib qo'ydi.
89-daqiqada Lukash Da Kunya penaltini aniq amalga oshirib, hisobni qisqartirgan bo'lsa-da, bu "Komo"ni mag'lubiyatdan qutqarib qola olmadi. Yakuniy hisob — 4:3, Milan klubi foydasiga.

Fikrlar