So’nggi yangiliklar

22:28Бобур Тагиев "Mangu 5" турнирида ғалаба қозонди 0 22:02Амирхон Алихўжаев "Mangu 5" турнирида ғалабага эришди 0 21:11Кураш, бокс ва бошқа спортлар. Осиё ўйинларининг саккизинчи кунида иштирок этадиган ўзбекистонлик спортчилар рўйхати билан танишинг 0 20:45Бутунжаҳон шахмат Олимпиадаси: Эркаклар терма жамоамиз Арманистонни, аёллар Перуни мағлуб этди 0 19:52Осиё ўйинларининг еттинчи кундан кейин медаллар жамғариш рейтингида ўрнимиз қандай? 0 19:30"Манчестер Сити"нинг Премьер-лига қоидаларини бузгани ҳақидаги айбловлар: Улар нимадан иборат? Қандай жазо қўлланиши мумкин? Кейин нима бўлади? 0 18:51Эртага 5 нафар боксчимиз Осиё ўйинлари чорак финалида жанг қилади 0 18:30Осиё ўйинларининг еттинчи кунини 3 та медаль билан якунладик 0 17:15Ўзбекистон делегацияси расмийлари ХОҚ Президенти билан учрашишди 0 16:16Мбаппе Платинининг рекордини такрорлади 0 15:25Тимур Турлов - FIDE президенти этиб сайланди! 0 13:11"Mangu 5" турнири олдидан ўтказилган face-to-face маросимидан ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 12:20Бутунжаҳон шахмат Олимпиадаси тугашига иккита тур қолди. Бугун кимлар рақиб бўлади? 0 11:55Ўзбекистонда қатор профессионал футбол клублари ишончли бошқарувга берилади 0 11:27Бугун Тошкентда юлдузли кардга эга Mangu 5 турнири ўтказилади 0

25 mar 12:51
Yangiliklar

Futbol

"Inter" murabbiyi Eron terma jamoasi mashg'ulotlarida yordam bermoqda

Teglar :  InterEron
Eron milliy terma jamoasining O'zbekistonga qarshi muhim o'yin oldidan mashg'ulotlarda alohida shaxs ishtirok etgani ko'pchilikning etiborini tortdi.

Paulu ismli fizioterapevt bir vaqtlar "Portu"da ishlagan, hozirda "Inter" klubida faoliyat olib boradi. 

"Inter" o'zining birinchi raqamli hujumchisi Lautaro Martinesning jarohati holatidan to'liq xabardor, shuningdek, Markus Tyuramning surunkali jarohatini hisobga olib, oldindagi muhim o'yinlarda hujumchilar taqchilligi inqiroziga yo'l qo'ymaslik uchun alohida chora ko'rishga qaror qildi. SHu munosabat bilan, klub Mehdi Taremining ahvolini yaqindan kuzatib borish va uni "Inter"ning muhim o'yinlariga tayyorlash uchun bevosita Tehronga fizioterapevt jo'natgan.

BAAga qarshi o'yindan so'ng 10 kunlik dam olish kerakligini malum qilgan Mehdi Taremi hozirda O'zbekistonga qarshi o'yinni o'tkazib yuborishi mumkin bo'lgan vaziyatga tushib qoldi. Hattoki, Amir G'alinoi ham o'yindan oldingi matbuot anjumanida bu haqda noaniq gapirib, futbolchining maydonga tushish-tushmasligi kechga yaqin malum bo'lishini aytgandi. Boshqa tomondan, terma jamoa tibbiyot shtabi hamon eronlik hujumchining ahvolini baholashga harakat qilmoqda.

Taremi terma jamoa yig'ini chog'ida uning son qismi jarohati borligini malum qildi va bu eski jarohat uning joriy mavsumdagi faoliyatiga tasir qildi. Hattoki, bu muammo uning "Inter"dagi yomon o'yinlarining asosiy sabablaridan biri ekanini takidladi. Yaqin haftalarda "Inter"ni Italiya kubogi doirasida "Milan" va CHempionlar ligasida "Bavariya"ga qarshi ikkita muhim o'yin kutib turibdi. SHu boisdan ham Taremi FIFA kunlarida jarohatini og'irlashtirmaslik uchun har qachongidan ham ehtiyotkor bo'lishga majbur.

Eron terma jamoasi shifokorlari Pauluga Taremini davolashni ishonib topshirgan bo'lishi mumkinligi aytilmoqda. Albatta, bu haqda hozircha rasmiy xabar chiqqani yo'q, lekin muhim jihati shundaki, Taremining shaxsan o'zi "Inter" bilan kelishib, fizioterapevtni Tehronga olib kelgan. Paulu kecha terma jamoa mashg'ulotlarida bo'lib, Taremining harakatlarini diqqat bilan kuzatib bordi.

Eslatib o'tamiz, Eron – O'zbekiston o'rtasidagi uchrashuv bugun Toshkent vaqti bilan soat 21:00da boshlanadi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing