15 may 15:41
Yangiliklar
Tennis

Internazionali BNL d'Italia. Dunyoning birinchi raketkasini to'xtatishdi
Sayyoramizning birinchi raqamli tennis malikasi Arina Sobolenko Rim shahrida o'tkazilayotgan WTA 1000 toifasiga kiruvchi turnirdagi ishtirokini yakunladi.
Belaruslik tennischi 1/4 finalda reytingning sakkizinchi pog'onasida borayotgan xitoylik CHjen Cinvenga 4/6, 3/6 hisobida imkoniyatni boy berib qo'ydi. To'qson etti daqiqa davom etgan bahsda CHjen 4 ta eys, 3 ta breyk qayd etib, 3 bor qo'shxatoga yo'l qo'ydi.
Qizig'i, tennischilarning o'zaro sakkizinchi uchrashuviga kelib CHin yurti vakilasi ilk bor Arinani mag'lub eta oldi. Bundan avvalgi ettita uchrashuvning barida Sobolenkoning qo'li baland kelgandi. CHjen shuningdek, Arinaning 9 ta uchrashuvdan iborat g'alabali seriyasiga ham barham berdi.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar