13 dek 20:35
Yangiliklar

Iqboljon Xoldorov, Abdulhay SHoraxmatovdan nokaut va bugungi kunning barcha natijalari
Yilning so'nggi nufuzli musobaqasida Qoraqalpog'iston Respublikasi, Toshkent shahri va deyarli barcha viloyatlaridan jami 275 nafar charm qo'lqop ustasi 8ta vazn toifasida ishtirok etyapti.
Bugun -69 kg vazn toifasida terma jamoamizning etakchi charm qo'lqop ustalaridan biri Iqboljon Xoldorov ringga ko'tarildi. Osiyo chempioni andijonlik Bahodir Mirzarahimovni ikkinchi raundda texnik nokautga uchratdi.
Yana bir iqtidorli bokschimiz -57 kg vaznda chempionlik uchun davogarlardan poytaxtlik Abdulhay SHoraxmatov esa birinchi raunddayoq navoiylik Sardor Berdiqulovni texnik nokaut evaziga taslim etdi.
SHuningdek, taniqli bokschilarimizdan Mirazizbek Mirzahalilov, SHunqor Abdurasulov, Alyor Noraliev va boshqalar g'alaba qozonib, keyingi bosqich yo'llanmasini qo'lga kiritishdi.
Kunning barcha natijalari:
Fikrlar