17 dek 11:58
Yangiliklar
Boks/MMA

Iqboljon Xoldorov kumush medalni qabul qilib oldi FOTO
Jahon chempionati sovrindori, Osiyo o'yinlari g'olibi Iqboljon Xoldorov O'zbekiston chempionatida kumush medal bilan kifoyalandi.
Takidlash joiz, Xoldorov xuddi Hasanboy Do'smatovda bo'lgani kabi o'zi uchun yangi vazn toifasida ringga ko'tarildi. Finalda bu vaznning etakchisi bo'lgan Bobo-Usmon Baturov 3:2 hisobida g'alaba qozonib, O'zbekiston chempioniga aylandi. Baturov ham Osiyo o'yinlari g'olibi hisoblanadi.
Taqdirlash marosimida professional bokschimiz SHahram G'iyosov ham hozir bo'ldi. Baturov o'tgan yili Termiz shahrida o'tgan mamlakat chempionatining finalida Mahmud G'oipovga yutqazib, kumush medal bilan taqdirlangan edi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar