30 mar 16:16
Yangiliklar

Iqboljon Xoldorov: "Raqib kimligi men uchun muhim emas"
"Xudo xohlasa, 3 aprelda bo'ladigan jangimga judayam ko'tarinki kayfiyatda tayyorgarlik ko'rdik. To'g'risini aytsam, men bu jangni ko'p kutdim. Gaplarim ko'p, lekin hozir ularni tasvirlashni iloji yo'q. Nasib bo'lsa, hammasini ringda ko'rsatib berishga harakat qilaman.
Mashg'ulotlarda o'z uslubimda ishlashga ko'proq etibor qaratdik. Raqib kimligi men uchun muhim emas. Men uchun asosiysi - muxlislarimga yoqadigan shou ko'rsatish. O'z yurtimda ringga ko'tarilish, uning ustiga debyut jangda... Bu men uchun katta sharaf va menga kuch bag'ishlaydi", - dedi Xoldorov muxbirimiz bilan suhbatda.
Eslatib o'tamiz, istedodli bokschimiz o'sha kungi jang oqshomida ukrainalik 20 yoshli Volodimir Xordienko bilan 6 raundlik jang qiladi. Xordienko shu kungacha prof boksda 11marta ringga chiqqan. 8 ta g'alabaga ega va 3 marta mag'lubiyatga uchragan.
Sarvinoz RAXMONQULOVA suhbatlashdi
Fikrlar