08 mar 19:20
Yangiliklar
Boks/MMA

Iqboljon Xoldorovni tabriklaymiz!
Bugun boks bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi azosi Iqboljon Xoldorov o'z tavallud ayyomini nishonlamoqda.
Iqboljon Xoldorov 1997 yil 8 mart kuni Andijon viloyatida tavallud topgan. Xoldorov 2014 yil o'smirlar o'rtasidagi jahon chempionati sovrindori, 2017 yilgi Osiyo chempionati g'olibi. Aynan shu yil Germaniyaning Gamburg shahrida o'tgan jahon chempionatining kumush medali sohibi. 2018 yil esa Indoneziyada o'tgan Osiyo o'yinlari chempionligi qo'lga kiritgan.
Fursatdan foydalanib, saytimiz xodimlari va muxlislari nomidan Iqboljon Xoldorovni bugungi ayyomi bilan muborakbod etamiz va bokschimizning faoliyatida ulkan g'alabalar tilaymiz.
Havola :
Fikrlar