So’nggi yangiliklar

19:54Чемпион Сильва Шевченкога навбатга туришни таклиф қилди 0 19:23Арман Царукяннинг рақиби маълум, сана ва манзил ҳам + ПОСТЕР 0 18:52Ғалабалар сари бораётган ёшлар 0 18:21Гвардиола "Манчестер Сити"га қайтмоқда 0 17:50Кроуфордни қийнаган Исроил Мадримов беш йил ўтиб яна Тошкентда жанг қилади. Бу Исроил учун қанчалик аҳамиятли жанг? 0 17:19Сўнгги воқеалар фонида Жермелл Чарло Хайме Мунгияни жангга чорлади 0 16:48Стрикленд UFC’даги адолатсизликка ишора қилиб, боксга ўтиш ҳақида ўйлаётганини айтди 0 16:17"Радник" бош мураббийи: "Шукуровнинг трансфери клубимиз даражаси ўсганини кўрсатади" 0 15:46Хайме Мунгияга Ўзбекистонда жанг ўтказиш таклиф қилинди 0 15:15Пётр Ян қандай ҳолатда ярим енгил вазнда UFC камари учун жанг қилишини айтди 0 14:44Осиё ўйинларида иккинчи бўлган таэквондо терма жамоамиз Париж Гран-присида қатнашади 0 14:13Лионель Месси афсонавий клубнинг фахрий аъзосига айланди 0 13:42"Бу сафар ақл билан ҳаракат қиламан". Двалишвили — Пётр Янга қарши бўлажак жанг ҳақида гапирди 0 13:11"Ислам фаолиятидаги энг осон жанг бўлади". Собиқ чемпион Махачевнинг эҳтимолий жанги ҳақида гапирди 0 12:40Хайме Мунгия жамоаси мажбурий даъвогар Бектемир Мелиқўзиевга пул таклиф қиляпти 0

25 jan 12:35
Yangiliklar

Tennis

Iroda To'laganova O'zbekistonda nega tennis darajasi tushib ketganiga izoh berdi

Teglar :  Iroda To'laganova
O'zbekiston tennis federaciyasi raisi o'rinbosari Iroda To'laganova mamlakatda yuqori darajadagi tennischilarning yo'qligi sabablari haqida gapirdi.

— Bunga tasir qilgan omillar ko'p, - deya so'z boshladi To'laganova. — Biz baribir mamlakatdagi o'zgarishlar paytida tug'ilganlarmiz. "Paxtakor" stadionidagi yirtiq rezina kortida mashg'ulot o'tkazganim esimda. Qishda biz o'zimiz qorni tozalardik, keyin esa ho'l, iflos, to'p har tomonga sakrab ketaligan qiyshiq qoplama ustida shug'ullanardik. Yanvar oyida shu holatda mashg'ulot o'tkazib, iyun oyida o'smirlar o'rtasidagi "Uimbldon"da g'olib chiqqandim. SHu bilan birga, biz yopiq kort va boshqa sharoitlar yo'qligidan shikoyat qilmaganmiz. Hozir esa tennischilar, agar quyosh noto'g'ri tomonga nur sochayotgan bo'lsa, maydonlar noto'g'ri joylashgan bo'lsa, "Bu qanaqa poliz maydon? Qaerda o'ynaymiz? deb noliydi. 

Odamlarning psixologiyasi o'zgardi. Ilgari to'plar bo'lsa, shunchaki xursandchilik uchun o'ynardik. Agar ular yangi bo'lsa, bu umuman baxt edi. Odatda esa abgori chiqib ketgan to'plar bilan bir necha oy mashq qilardik. Katta murabbiyning oldiga kirib, iltimos qilganimizda, u shunday javob berardi: "Avval to'psiz o'ynashni o'rganing, keyin men sizga bittadan to'p beraman". Hozir tennischilar mashg'ulotga kelishadi va agar to'pning rangi biroz o'chgan bo'lsa, bundan nolishadi. Bu psixologiya.

Bundan tashqari, O'zbekistonda mentalitet biroz o'zgardi. Agar ayollar tennisi haqida gapiradigan bo'lsak, institutdan keyin qiz uchun hayotning keyingi bosqichi turmushga chiqish va farzand ko'rish bo'ladi. SHuning uchun ko'pchilik tennisni tugatish kerakligini aytadi. Farzandni dunyoga keltirish fursati kelgan bo'lsa, qanday qilib musobaqalarga boradi?

AQSHda talim olishning osonlashgani ham tasir qiladi. Agar tennischi yomon o'ynamasa, Amerikada unga to'liq stipendiya taklif qilishadi. Ular keta boshlaydilar. Bu professional tennisda natijalarga erishish va pul ishlashdan ko'ra osonroq.

Tennis o'ynaydigan o'g'il bolalar ham, qizlar ham, odatda, o'ziga to'q oilalardan. Bunday bolalarning ota-onalari allaqachon biznesga ega. SHuning uchun yigit 18 yoshga to'lganda, O'zbekistonda ikki-uch yildan keyin uylanish kerak, deb hisoblanadi. Sen esa durustroq pul topolmaysan va faqat turnirlarga borib kelasan. Natijada, o'yinchilar oilaviy biznesga o'tib, o'zlari uchungina tennis o'ynashadi.

Terma jamoada 18 yoshgacha bo'lganlar va respublika olimpiya zaxiralari maktabida o'qiydiganlar bor. Ularda o'qish, mashg'ulot va safarlar davlat byudjeti hisobidan amalga oshiriladi. Bundaylarning ota-onalari ularning faoliyati uchun ko'p pul sarflamaydi. Ammo balog'atga etgandan keyin katta xarajatlar paydo bo'ladi. SHuning uchun ular murabbiy yoki sparring-sherik bo'lishga qaror qilishadi. Bazilar padel sportiga ishlashga ketishadi. SHu tariqa ular tennisdan tashqari pul ishlashni afzal ko'rishadi.  

Yana o'ylashimcha, bolalar dangasa bo'lib qolishgan. Iqtidorli, jismonan baquvvat bolalar ko'p keladi, lekin ular astoydil mehnat qilishga tayyor emas. Hozir bazilarga qarayapman - mashg'ulot soat 10 dan 12 gacha, soat 12:05 da esa ularni taksi kutib turibdi. Nega shunday? Agar mashg'ulotim bo'lsa, 45 daqiqa oldin chigalyozdi qilardim, keyin uch yarim soat o'ynardim, 30 daqiqa yana engil shug'ullanish... shundan keyingina kiyimlarimni almashtirib, uyga ketardim. Ovqatlanardim, bir soat uxlardim, soat 16 dan 18 gacha yana tennis o'ynardim, keyin esa umumiy jismoniy tayyorgarlik mashqlarini bajarardim. SHu yo'sinda har kunim o'tardi. Ammo mashg'ulotingiz zo'r-bazo'r ikki soat davom etsa, qanday natijalar haqida gapirish mumkin? Sen o'zingni tennisga bag'ishlashing kerak. Bizda esa Yangi yilda bolalar mashg'ulot jarayonini bir-ikki haftaga to'xtatishadi. Bizda hatto bir kun ham dam olish bo'lmasdi. Bu hashamat hisoblangan", - deya To'laganovaning so'zlarini keltiradi "Sport-Ekspress" nashri.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing