22 okt 07:01
Yangiliklar
Tennis

Iroda To'laganova: "Timofeevaning ota-onasi 6 oydan beri Toshkentda yashayapti"
O'zbekiston tennis Federaciyasi raisi o'rinborsari Iroda To'laganova Mariya Timofeevaning mamlakatimiz fuqaroligini olganini rasman tasdiqladi.
"Ha, Mariya Timofeeva rasman fuqaroligini almashtirdi va endi O'zbekiston sharafini himoya qiladi. Darvoqe, uning butun oilasi - onasi va otasi yarim yildan beri Toshkentda yashayapti. Mariya xorijga chiqish pasporti hamda ID karta (fuqarolik pasporti)ni ham olib ulgurdi", - dedi To'laganova.
Malumot uchun, Timofeeva ayni paytda dunyoning 146-raketkasi bo'lib turibdi. Uning WTA reytingidagi eng yaxshi natijasi - 93-o'rin! Mariya o'tgan hafta Portugaliyadagi turnirda bosh sovrinni qo'lga kiritdi. Bir necha kundan so'ng 22 yoshga to'ladigan Timofeeva 2023 yilda Vengriyaning Budapesht shahrida WTA turnirida chempion bo'lgandi. Bu uning hozircha yagona WTA tituli bo'lib turibdi.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar