14 mar 06:01
Yangiliklar
Futbol
Iroq chempionati. "Arbil"da navbatdagi g'alaba, Temirovdan xet-trik!
Iroq chempionatida 22-tur uchrashuvlari bo'lib o'tmoqda.
Hamyurtlarimiz SHerzod Temirov va Marlen CHobanov to'p tepayotgan "Arbil" klubi "Al Mina" jamoasini mehmon qildi. Qiziqarli o'tgan bahsda "Arbil" raqibini 3:2 hisobida engdi.
Quvonarlisi, mezbonlarning barcha gollariga SHerzod Temirov mualliflik qildi. Bu Temirovning Iroq chempionatidagi ilk xet-trigi hisoblanadi, CHobanov esa o'yinda to'liq harakat qildi.
O'zbekistonlik hujumchining Iroq chempionatidagi gollari soni 19 taga etdi va u to'purarlar poygasida etakchilikni saqlab qoldi.

Havola :
Fikrlar