05 sen 18:45
Yangiliklar

Ish sudgacha etib bormadi, Fyuri-Klichko jangi o'tkaziladi
Bu malumotni Fyurining amakisi, ham murabbiyi Piter Fyuri tasdiqladi. O'tgan yili Klichko barcha chempionlik kamarlarini Tayson Fyuriga boy berib qo'ygandi. SHundan so'ng bokschilar o'rtasida revansh jangi o'tkazilishiga kelishib olingan edi.
Avvaliga jang yozda o'tkazilishi belgilangandi. Ammo britaniyalik bokschining oyog'idan olgan jarohati bunga yo'l qo'ymadi. Keyin 29 oktyabr sanasiga jang muddati o'zgartirildi. Lekin vaqt o'tishi bilan Taysonning jamoasi yana jangni paysalga sola boshladi.
Turli vajlardan charchagan Klichko Fyuri jamoasini sudga berishini malum qildi. Ortiqcha qog'ozbozlikni istamagan shekilli, britaniyalik bokschining jamoasi jang avvaldan belgilangan muddatda o'tkazilishini tasdiqladi. 29 oktyabr kuni “Manchester Arena”da Klichko va Fyuri o'rtasidagi revansh jangi o'tkaziladi.
Fikrlar